Xizmat Ko'rsatish Shartnomasi
1. Maxfiylik va Tizim Xavfsizligi
Ushbu shartnomaga asosan, Xizmat ko'rsatuvchi (Dasturchi) va Buyurtmachi o'rtasidagi barcha ma'lumotlar, loyiha g'oyalari hamda yozishmalar qat'iy maxfiy saqlanadi va uchinchi shaxslarga taqdim etilmaydi.
- Server xavfsizligi: Barcha ma'lumotlar Vibexe serverlarida yuqori xavfsizlik darajasida saqlanadi. Vibexe ma'muriyati ushbu ma'lumotlarni hech qanday holatda 3-shaxslarga bermaydi va sotmaydi.
- Ruxsat doirasi: Ma'lumotlarni o'zgartirish, o'chirish yoki sotish faqatgina loyiha egasining (Buyurtmachining) rasmiy ruxsati bilangina amalga oshirilishi mumkin.
2. Loyiha Egaligini O'tkazish va Kodlar
Buyurtmachi o'ziga tegishli bo'lgan xizmatni (loyiha egaligini) boshqa odamga o'tkazmoqchi bo'lsa, bu haqida dastlab Dasturchini oldindan xabardor qilishi shart. Agar Dasturchi ushbu jarayondan xabardor qilinmagan bo'lsa, keyinchalik kelib chiqadigan hech qanday e'tiroz va noroziliklar qabul qilinmaydi va e'tiborsiz qoldiriladi.
Nima uchun Baza va Kodlar tekinga berilmaydi?
Ba'zida loyiha egasi almashsa ham yoki boshqa holatlarda ham Dastur kodlari va Ma'lumotlar bazasi (Database) tekinga taqdim etilmasligining asosiy sabablari quyidagilar:
- Bazada tizimdan foydalanuvchi insonlarning shaxsiy va nozik ma'lumotlari (parollar, raqamlar) mavjud bo'lishi ehtimoli.
- Baza nuxsasi tarqalib, har qanday uchinchi shaxslar yoki xakerlar qo'liga tushib qolishi xavfi.
- Dastur arxitekturasi va yozilgan kodlar mualliflik intellektual mulki hisoblanishi.
3. Bajarilish Muddatlari va Fors-major
Buyurtmaning to'liq tayyor bo'lish vaqti, uning turi va qiyinchilik darajasiga qarab farq qiladi. Oddiy turdagi loyihalar uchun standart muddatlar:
- Telegram Bot (Oddiy): 5-7 ish kunigacha.
- Web-Site (Oddiy): 15-19 ish kunigacha.
- Mobil Ilova (Oddiy): 1-3 oygacha.
* Eslatma: Ba'zi ob'yektiv sabablar, murakkab algoritmik o'zgarishlar yoki kutilmagan qo'shimcha muammolar sababli, Dasturchi aytgan muddatdan 15 kundan 33 kungacha loyiha tayyor bo'lishi kechikishi mumkin.
To'xtatish va Kechikishlar
- To'lov sababli to'xtatish: Agar Buyurtmachi kelishilgan to'lovlarni o'z vaqtida amalga oshirmasa, Dasturchi ogohlantirishsiz ishni vaqtinchalik to'xtatish huquqiga ega. Bunday holatda loyihani topshirish muddati to'lov kechikkan muddatga avtomatik suriladi.
- Fors-major: Dasturchiga bog'liq bo'lmagan ob'yektiv sabablar (masalan, global internet uzilishlari, uchinchi tomon API nosozliklari) natijasida ish kechiksa, bu Dasturchining aybi hisoblanmaydi.
4. To'lov, Xarajatlar va Huquqiy Himoya
Buyurtmachi faqatgina buyurtma qilgan tizimining (Bot, Sayt, Ilova) uzluksiz va faol ishlab turishi uchungina to'lov qiladi (Server, API xarajatlari va h.k).
- Manba Kodlarini Olish: Yuqorida sanab o'tilgan xavfsizlik qoidalarini ta'minlash maqsadida, agar Buyurtmachi kodlar va bazani to'liq o'z ixtiyoriga olmoqchi bo'lsa, u o'z roziligi bilan, Dasturchidan kelishilgan maxsus narx asosida xarid qilishi mumkin. To'lov tarkibiga kodlar avtomatik tarzda kirmaydi.
To'lov Intizomi va Qarzdorlik Oqibatlari
- Asossiz ayblovlar (Ichki ishlar organlar): Agar to'lov kechikishi yuzasidan Dasturchi ishni to'xtatsa, bu fuqarolik-huquqiy nizo hisoblanadi. Buyurtmachining qarzni yopmay, Dasturchini asossiz ravishda firibgarlikda ayblab huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishi yolg'on xabar berish va ishchanlik obro'siga putur yetkazish deb baholanadi.
- Qisman bajarilgan ishlar: Agar ishning ma'lum qismi bajarilib, Buyurtmachi keyingi to'lovlarni amalga oshirishdan bosh tortsa, Dasturchi bajarilgan mehnatga mutanosib mablag'ni ushlab qolish va loyihani bir tomonlama bekor qilish huquqiga ega.
5. Javobgarlik Chegarasi va Rozilik
Ushbu shartnoma qoidalari Xizmat ko'rsatuvchi va Buyurtmachi o'rtasidagi kelishuvning ajralmas qismi hisoblanadi.
- Taqdim etish: Ushbu shartnomaning to'liq nusxasi Buyurtmachi so'rasa, uning talabiga binoan taqdim etiladi.
- Avtomatik Rozilik: Loyiha (buyurtma) to'liq tayyor bo'lgan va ishga tushirilgan vaqtdan boshlab, Buyurtmachi ushbu shartnomaning barcha qoidalariga avtomatik ravishda rozilik bildirgan deb hisoblanadi. Bu qoida Buyurtmachi shartnomani umuman so'ramagan, ko'rmagan yoki o'qimagan taqdirda ham qat'iy amal qiladi.
Javobgarlikni Cheklash va Nizolar
- Moliyaviy limit: Dasturchining loyiha doirasidagi maksimal moliyaviy javobgarligi Buyurtmachi tomonidan amalda to'langan summa miqdoridan oshmaydi. Kutilmagan yoki bilvosita (boy berilgan foyda) zararlar qoplanmaydi.
- Nizolarni hal qilish: Tomonlar o'rtasida yuzaga keladigan har qanday nizo va tushunmovchiliklar huquqiy bosqichdan avval, o'zaro tinch muzokaralar yo'li bilan hal etiladi.